Umumta'lim maktablarida joriy yilning 15 noyabridan – 15 dekabr kuniga qadar “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” şiori ostida huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oyligi ötkazilmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ayni kunda, 193 nafar hududiy xalq ta'limi boşqaruv organlari xodimlari, XTXQTMO institutlari professor-öqituvçilari va malakali mutaxassislardan tarkib topgan doimiy faoliyat yurituvçi hududiy tarğibot guruhi a'zolari ta'lim muassasalarida va aholi örtasida “Inson, uning qadr-qimmati, haq-huquqi oliy qadriyat” mavzusida tarğibot işlarini reja asosida olib bormoqda.

Şu bilan birga, ta'lim muassasalarida öquvçilarning huquqiy ongini yuksaltiriş va olgan bilimlarini mustahkamlaş maqsadida tegişli darslarda, “Ertalabki saflaniş” va “Tarbiyaviy soat”larda hamda pedagog xodimlar uçun “Ma'naviyat soati” tadbirlarida “Konstitutsiyani örganamiz”, “Konstitutsiya - mening taqdirimda” mavzularida huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlari, huquqşunos olimlar iştirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, uçraşuvlar, oçiq muloqotlar va davra suhbatlari taşkil etilmoqda.

Qolaversa, barça ta'lim musassasalarida öquvçilar örtasida “Özbekiston kelajagi barkamol avlod qölida”, “Inson huquqlari – eng oliy qadriyat”, “Konstitutsiya – taraqqiyotimiz poydevori”, “Konstitutsiya – mening huquq va burçlarim“, “Konstitutsiya va huquqiy madaniyat”, “Konstitutsiya – ravnaqimiz qomusidir” mavzularida inşolar tanlovlari ötkazilmoqda. Ğoliblar faxriy yorliq va esdalik sovğalari bilan taqdirlanmoqda.

Şuningdek bolalar va ösmirlar sport maktablari mas'ulligida Konstitutsiya kuniga bağişlab öquvçilar va öqituvçilar örtasida sportning 14 turi böyiça turnirlar ötkazilmoqda.

Şuningdek, Respublika ta'lim markazi tomonidan joylarda öquvçilar örtasida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” respublika körik-tanlovining quyi  bosqiçlari ötkazilmoqda.

Bu kabi tadbirlar aniq maqsadga ega, qat'iyatli farzandlarimiz safini kengaytiriş, ertangi kunga bölgan işonçini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Uzluksiz ta'limning boşlanğiç böğinidanoq bolalarimizning huquqiy savodxonligi şakllanib borayotgani, yoşlarimizning öz konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, oila, jamiyat hamda davlat oldidagi burç va majburiyatlarini bilişi uçun har tomonlama kömaklaşilayotgani ayni muddaodir.