Andijon viloyatida taşkil etilgan 773ta saylov uçastkalari erta tongdanoq saylovçilar bilan gavjum böldi. Röyhatga olingan 1 851 256 nafar saylovçi öz konstitutsion huquqini röyobga çiqarmoqda.
Barça saylov uçastkalarida saylovçilar uçun zarur şaroitlar yaratilgan. Prezidentlik saylovlarida ovoz beriş jarayonining demokratik talablar asosida ötişi ta'minlanmoqda.


Viloyatdagi 14, 38, 25, 29 va 16-saylov uçastkalarida bölganimizda fuqarolarni muhim siyosiy tadbirda faol iştirok etayotganiga guvoh böldik.
Andijon şahridagi politexnika kasb-hunar kolleji binosida joylaşgan 14-saylov uçastkasida şaharning Mustaqillik va Hamid Qodirov mahallalarida yaşovçi 2995 nafar saylovçi röhatga olingan. “Yoşim 63da, erta tongda kelib, yurtimiz kelajagi va farovonligi uçun özim tanlagan nomzodga ovoz berdim”, - deydi Maxpiratxon ona Abdulnabiyeva.


Viloyatdagi Özbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qismga joylaşgan 16-saylov uçastkasida harbiy xizmatçilar va ularning oila a'zolari öz saylov huquqlaridan foydalanib, ovoz berişmoqa. “Vatan deya atalmuş zaminni tinçligi yölida öz kuç-qudratimni sarflaş niyatimdir, - deydi oddiy askar Muhiddin Ğoyimov. – Bugun yurtimiz farovonligi, tinçlik, osoyiştaligimiz barqarorligi uçun bel boğlagan nomzodga öz ovozimni berayotganimdan, mana şunday muhim siyosiy jarayonda mening iştirokim muhim ahamiyatga ega ekanligidan juda xursandman”, - deydi saylovçilardan biri.
Viloyatda 52 mingdan ziyod yönalişdagi “Damas” avtomaşinalari va taksilar saylovda iştirok etuvçi aholiga bepul xizmat körsatmoqda.



muxbir Elmurod Ermatov, Andijon











