Angliya premer-ligasining 14-turidan örin olgan yana bir uçraşuv nihoyasiga yetdi. Dramatik ruhda keçgan uçraşuvda jamoalar jami yettita gol kiritişdi.

«Vitaliti — Din Kort» stadionida keçgan uçraşuvda mezbonlar avvaliga 0:2, keyin 1:3 hisoblarida imkoniyatni boy bera turibdi. Sönggi 15 daqiqa içida 3ta gol kiritdi va 4:3 hisobida ğalaba qozondi. 

Mehmonlardan gollarga Sadio Mane, Divok Origi va Emre Jan mualliflik qilgan bölsa, mezbonlardan Kallum Uilson, Rayan Freyzer, Stiv Kuk va Natan Ake öz hisoblariga bittadan gol yozib qöyişdi.

Uşbu natijadan keyin «Liverpul» 30 oçko bilan 3-öringa tuşib ketdi. Endi jamoa peşqadam «Çelsi»dan 4 oçko ortda qolmoqda. «Bornmut» (18 oçko) 10-poğonani band etgan. 

Angliya Premer-ligasi
14-tur
Bornmut – Liverpul – 4:3 (0:2)
Gollar: Mane, 20 (0:1); Origi, 22 (0:2); Uilson, 56 (1:2, pen); Djan, 64 (1:3); Freyzer, 76 (2:3); Kuk, 78 (3:3); Ake, 90+3 (4:3).

Bornmut: Boruts, Frensis, Ake, Smit, Kuk, Arter, Gosling (Afobe, 75), Uilşer, Stanislas (Freyzer, 55), King (Ayb, 46), Uilson.
Liverpul: Karius, Milner, Lovren, Klayn, Veynaldum, Leyva, Mane (Lallana, 69), Jan, Firmino, Xenderson, Origi.
Ogohlantirişlar: Uilşir, 48; Frensis, 50 – Xenderson, 53; Jan, 87.