Qizil barçasini özgartirib yubordi

«Liverpul» – «Mançester Siti» 0:3
Gollar: Holand, 65 (0:1). Doku, 68 (0:2). Şerki, 78 (0:3)
«Liverpul»: Alisson, van Deyk, Jake (Gomes, 88), Kerkez, Arauxo (Frimpong, 75), Makallister, Gravenberh, Virs (Nioni, 66), Barkolya (Kiyeza, 88), Munios, Kumas (Ngumoa, 75)
«Mançester Siti»: Donnarumma, Ruben Diaş, Geyi, ÖRayli (Gvardiol, 66), Mateuş Nuneş, Anderson, Fernandes (Buaddi, 80), Şerki, Semenio, Ndiay (Doku, 56), Holand (Allan, 80)
Ogohlantirişlar: Arauho, 8. Gravenberh, 47. van Deyk, 90 – ÖRayli, 58. Buaddi, 86
Çetlatiş: Gravenberh, 62 (ikkinçi sariq)

«Mançester Siti» moliyaviy firibgarliklarda ayblanganidan keyin ilk öyinini «Enfild»da ötkazdi. Tribunalarga yiğilgan mezbon muxlislar esa raqibning har bir töpga teginişini huştakbozliklar bilan qarşi oldi va «Cheats!» (ğirromçilar) deya hayqirişdi.

«Liverpul» esa bu öyin arafasida tarkibda jiddiy yöqotişlarga uçragandi: xalqaro tanaffusda jamoa hujum çiziği butunlay kuçsizlangandi (Isak, Gakpo va Soboslai safdan çiqqan) va Andoni Iraola boşlanğiç tarkibda 21 yoşli vinger Kumasni markaziy hujumçi sifatida tuşirişga majbur böldi.

Öyinning birinçi bölimi ikki jamoa ham xalqaro tanaffusda katta kuç yöqotganini körsatib berdi: «Siti»da ham, «Liverpul»da ham milliy jamoa yiğinlarida bölib qaytgan futbolçilar juda köp edi.

Körsatkiçlar böyiça biroz ustunlik mezbonlarda böldi, lekin bölim davomida çinakamiga golli vaziyat yuzaga kelmadi. Ikki jamoa murabbiyi ham tavakkalçilikka qöl urmadi va ehtiyotkor öyin uslubini tanladi.

Ikkinçi bölimda nihoyat jamoalar futbol öynay boşladi. Dastlab «Liverpul» hujumga ötdi va ketma-ket xavfli vaziyatlarga ega böldi. 49-daqiqada Kumas xavfli zarba yölladi, Donnarumma töpni qaytardi. Hujumning ikkinçi tempida Makkalisterdan ham xavfli zarba böldi, töp bu safar ustun yonidan ötib ketdi. Gravenberhning zarbasiga ham aniqlik yetişmadi.

Mezbonlar zarbalar böyiça 12:4 körinişida ustunlik qayd etayotgandi va hisob oçilişi muqarrardek edi. Ammo 56-daqiqada «Siti» boş murabbiyi Enso Mareska hal qiluvçi özgarişni amalga oşirdi: maydonda borligi sezilmagan Ndiaye örniga Doku tuşirildi va voqealarning keyingi rivoji quyidagiça keçdi: