«Barsa» 5 ta, «PSJ» 6 ta gol urdi, «Arsenal»da qiyin ğalaba. Kun öyinlari
|11:48 / 10.09.202614 41012 min
Çorşanba oqşomida Çempionlar ligasi umumiy guruh bosqiçida yana oltita öyin bölib ötdi. Bu bahslarda sensatsiyalar qayd etilmadi va favoritlar turnirni dastlabki oçkolarni qölga kiritgan holda boşlaşdi.
Videodan kadr Rafinya raqibning ikki himoyaçisini gazonga yotqizib, keyin osonlik bilan darvozani işğol etdiVideodan kadr Rafinya raqibning ikki himoyaçisini gazonga yotqizib, keyin osonlik bilan darvozani işğol etdi
«Barsa» «Feyenoord»ni yirik hisobda tor-mor etdi (5:1). Katalonlar hujumini kuçli yomğir ham töxtata olmadi.
«Barselona»ning rejasi ideal darajada işlamoqda – «Feyenoord»ga heç qanday imkon qoldirilmadi. Lamin Yamal 3-daqiqadayoq töpga bir teginişda golli pas muallifi böldi, Rafinya esa avvaliga bir fint bilan ikki himoyaçini gazonga yotqizdi va keyin xotirjamlik bilan töpni darvoza töriga kiritib yubordi.
Katalonlar muntazam ravişda bosim uyuştirişdi – va birinçi bölim örtalariga kelib hisob 2:0 körinişini oldi. Karim Adeyemi jarima maydoniga kirmasdan, aylanma zarba bilan darvoza törini işğol etdi. Golini esa yanada çiroyli tarzda nişonladi: salto otib, jamoa sobiq hujumçisi Piyer-Emerik Obameyangni eslatib yubordi.
Tanaffusdan keyin mezbonlar hisobni yirik körinişga keltirib qöyişdi: Rafa dublni rasmiylaştirdi, u zaxiraga olinganidan keyin sardorlik boğiçini qabul qilib olgan Yamal esa jarima zarbasini golga aylantirdi, zaxiradan maydonga tuşib, yangi jamoasida ilk golini urgan Gabriel Jezusga assistentlik qildi. «Feyenoord» safida Sem Steyn bitta javob golini urdi va yakuniy hisob 5:1 körinişini oldi.
Rafinya bu mavsum startidagi beşta öyinda ham öz nomini tabloga yozdirib qöydi – «Barselona» tarixida hali bunday körsatkiç qayd etgan futbolçi bölmagandi. Braziliyalik hujumçi jamoa safidagi gollari sonini 83 taga yetkazdi va klub tarixidagi eng yaxşi töpurarlar poygasiga qöşilgan.
Lamin Yamal – Çempionlar ligasi tarixidagi eng sermahsul tineyjer. U asosiy yevrokubokda allaqaçon 23 ta golli harakat amalga oşirgan: 12 gol va 11 assist. Yamal 19 yoşgaça bölgan futbolçilar orasida Kilian Mbappening rekordini (20 golli harakat) yangiladi.
Mavzuga oid
Eʼtiborli jihati, «Barsa» mavsum startidagi beş öyindan 4 tasida 5 tadan gol urdi – «Feyenoord»gaça «Valensiya», «Rayo» va «Elçe» klublari ham şunçadan gol ötkazgandi. Beş öyinda 22 gol urildi – fantastika. Faqat «Rayo» (5:2) hamda «Feyenoord»dan gol ötkazib yuborildi, qolgan uç öyinda darvoza daxlsizligi ham saqlab qolingan.
YeÇLning keyingi turida «Barsa» Istanbulda «Galatasaroy» bilan öynaydi, «Feyenoord» «Komo»ni qabul qiladi.
«PSJ» ham Yaya Ture boşçiligidagi «Slovan»ni yirik hisobda mağlub etdi (6:1). Öyin taqdiri amalda birinçi bölimdayoq hal böldi.
«PSJ» Fransiya çempionatini yaxşi boşlay olmagandi (2 durang va bir mağlubiyat), ammo YeÇLda odatdagi kabi super öyin namoyiş etmoqda. «Slovan» birinçi bölimdayoq uçta gol ötkazib yubordi: Usmon Dembele ikki gol urdi va Ferran Torresga golli uzatma berdi. Tanaffusdan keyin ham raqibni xörlaş davom etdi: Ferran yakunda het-trik amalga oşirdi, Dembeleda – 2+2. Yana bir golni Fabian Ruis öz nomiga yozib qöydi. Şu bilan birga, parijliklar öz darvozasi daxlsizligini saqlay olmayapti – Suleyman Kamara ikkinçi bölim boşida bitta javob golini urdi.
Dembele YeÇLdagi statistikasini yaxşilaşda davom etmoqda. U ötgan mavsumda boşlangan golli seriyasini beş öyinga yetkazdi. Bu öyinlarda u jami sakkiz gol urib, uçta golli pas muallifi bölgan.
«PSJ» YeÇLda yanvardan buyon yutqazmayapti: uç durang va sakkiz ğalaba. Sönggi muvaffaqiyatsizlik 2025/26 yillar mavsumi umumiy guruh bosqiçida röy bergandi: «Sporting»ga qarşi (1:2).
Keyingi turda «PSJ» «Mançester Siti» mehmoni böladi, «Slovan» «Ştutgart»ni qabul qiladi.
«Arsenal» «Napoli»ni ikkinçi bölimda taslim etdi (1:0). Martin Edegor mavsum startida yana bir kuçli öyin ötkazdi.
Londonliklar butun öyin davomida taşabbusga egalik qilişdi, yetarliça xavfli vaziyatlar yaratişdi (26 ta zarba, şundan 8 tasi darvoza sohasiga töğri borgan), 4,05 xG körsatkiçiga erişişdi – ammo faqat 75-daqiqaga kelib hisobni oçişdi. Mezbonlar butun öyin davomida tiğiz himoyalanişdi, ammo Edegor boşçilik londonliklar baribir bu devorni yorib ötişdi.
Xristos Zolis mavsumdagi törtinçi assistini amalga oşirdi, Edegorning mavsumdagi törtinçi golini urdi. Jamoa sardori ötgan mavsumni jarohatlar tufayli bir tekis ötkaza olmayotgandi, ammo yangi mavsum startida yorqin öyin namoyiş etmoqda: u avvaliga Angliya Superkubogi uçun bahsda «Siti» darvozasini işğol etgandi, keyin APLda «Koventri» va «Çelsi»ga ham bittadan gol urdi, endi esa YeÇLning birinçi turidayoq gollar hisobini oçgandi. Mavsum startidagi beş öyindan törttasida öyinning eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Holbuki, ötgan mavsum davomida u atigi bir gol urgandi.
«Arsenal» mavsumni ideal boşladi: beş öyinda beş ğalaba, töplar nisbati – 10:1. Jamoa top darajadagi klublarga qarşi ham katta ustunlikka erişmoqda. «Napoli» esa qatorasiga uç öyinda yutqazdi. Bungaça Allegri şogirdlari A Seriya startida «Komo» (1:2) va «Inter» (2:3) bilan öyinlarda mağlubiyatga uçragandi.
Keyingi turda «Arsenal» uyda «Lill» bilan uçraşadi, «Napoli»ni «Vilyarreal» maydoniga safar kutmoqda.
«Liverpul» «Atletiko» bilan öyinda iroda körsatdi (2:1). Mersisaydliklar öz odatiga köra Markos Liorentedan gol ötkazib yuborişdi (ispaniyalik yarimhimoyaçi «Enfild»dagi gollari sonini 5 taga yetkazdi), ammo keyin öyinni ğalabaga olib bordi.
«Atletiko» öyinni ajoyib boşlagandi: Liorente 17-daqiqada Hulian Alvaresning pasini golga aylantirdi. Butun yoz böyi «Barsa»ga ötişga harakat qilgan argentinalik hujumçi kamida qişgaça «Atletiko»da qolgan va jamoaga foyda keltirişni boşladi.
«Liverpul» tezda öziga keldi, ammo faqat bölim oxirlariga borib hisobni tenglaştira oldi. Ronald Arauxo jarima maydonida tovoni bilan pas berdi, Dominik Soboslai töpni böş turgan burçakka yumalatib yubordi. Mezbonlar tanaffusdan qaytiboq ikkinçi golni ham urişdi: Aleksis Mak Allister jarima maydoni taşqarisidan turib yaqin burçakni aniq nişonga oldi.
Inglizlarning yozgi transferlardagi eng asosiy xaridi bölgan Bredli Barkolya ikkinçi bölimda «Enfild»da yiğilgan muxlislarni qörqitdi. Uşbu fransuz vingeri qarşi hujumda qoçib ketişga harakat qildi, ammo özini yomon his qilib, gazonga ötirib oldi va almaştirildi. Ammo öyindan keyingi matbuot anjumanida Andoni Iraola uşbu qimmatbaho futbolçida şunçaki zöriqiş röy berganini aytib, klub muxlislarining xavotirini aritdi.
Keyingi turda «Liverpul» Avstriyaning LASK klubini sinovdan ötkazadi. «Atletiko»ni inglizlarga qarşi yana bir töp öyin kutmoqda: Simeone şogirdlari oktabr örtalarida Madridda «Mançester Yunayted»ni qabul qiladi.
Yozgi transferlarda faol işlagan «Galatasaroy» «Sporting» maydonidan mağlubiyat bilan qaytdi (1:3). Holbuki turklar tezkor gol urişgandi: Gonsalu Inasiu 5-daqiqadayoq öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi. Ammo şundan keyin «Sporting» öyin nazoratini öz qöliga oldi va mehmonlarga heç qanday imkon qoldirmadi. «Galatasaroy» jarohat olib safdan çiqqan hujumçisi Viktor Osimhensiz qiynaldi.
27-daqiqada Jeni Katamu hisobni tenglaştirdi. 57-daqiqada Luis Suares penalti işladi va uni özi aniq ijro etdi. Rodrigo Salasar esa zaxiraga olinişidan oldin ajoyib jarima zarbasidan töpni darvoza töqqizligiga mixladi.
Bu «Galatasaroy» uçun mavsumdagi ilk mağlubiyat böldi. Jamoa Turkiya çempionatida bir durang va uç ğalaba qayd etgan holda navbatdagi çempionlik sari yölini boşlagan. «Sporting» esa şu oqşom qatorasiga beş öyinda ğalaba qozondi. Jamoa mavsum startida «Estrela» bilan durang öynagan (2:2), şundan keyin oçko yöqotmayapti.
Keyingi turda «Galatasaroy» «Barsa»ni qabul qiladi, «Sporting» safarda «Lans» bilan öynaydi.
«Ştutgart» startda Norvegiyaning «Viking» klubini osonlik bilan mahv etdi (3:1). Ermedin Demiroviç turnir asosiy bosqiçi debyutanti darvozasiga uçta gol urdi.
Öyindagi barça gollar 12 daqiqa içida urildi: 20-32-daqiqalar oraliğida mezbonlar uç bor darvozani işğol etişdi, mehmonlar bitta javob berişdi. Demiroviç uçala golini ham jarima maydoni içidan, juda yaqin masofalardan urdi, uçinçi golda mehmonlar darvozaboni Arilda Estbe özi turgan joyga kelgan töpni ötkazib yubordi. Demiroviçning ikki goliga jamoaning boşqa bir hujumçisi Denis Undav assistentlik qildi. Qolgan vaqt mobaynida hisob özgarmay qoldi.
Demiroviç YEÇL tarixida eng tez het-trik amalga oşirgan (32 daqiqa) futbolçilar beşligidan örin oldi. Bu boradagi rekordçi Robert Levandovski hisoblanadi, u 2022-yilda YEÇL 1/8 finalida «Bavariya» – «Zalsburg» öyinining 23-daqiqasiga kelib uçta gol urib ulgurgandi.
Keyingi turda «Ştutgart» «Slovan» mehmoni böladi, «Viking» Germaniyaning yana bir jamoasi «Bavariya»ni qabul qiladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi