Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi (DIIHB)ning Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatiş böyiça missiyasi 4 dekabr kuni bölib ötgan saylov jarayonlari böyiça öz bayonotini taqdim etdi.

YeXHT kuzatiş missiyasi saylov rahbariyati öz işlarida oşkoralikni oşirişi va saylovlar kerakli darajada ötkazilişi uçun köplab çoralarni körişi zarurligini qayd etdi.

“Kuni keça bölib ötgan saylovga tayyorgarlik yaxşi taşkil etilgan. Şuningdek, texnik xarakterga ega ba'zi özgarişlar kuzatildi. Biroq bu borada hali amalga oşirilişi kerak bölgan işlar juda köp. Şu örinda inson erkinliklariga jiddiy çeklovlar qöyilgan”, - deydi YeXHT saylov kuzatiş missiyasi rahbari Piter Teylor. 

“MSK hamda ommaviy axborot vositalari faol tarzda iştirok etişdi. Biroq oilaviy saylaş holatlarida biroz kamçiliklar kuzatildi. Fikrimizça, saylovoldi tadbirlari va treninglarni yanada mukammalroq, jonliroq taşkil etsa, bu saylovçilarning nafaqat huquqiy savodxonligini oşiradi, balki kelajakda qonunçilikda zarur özgartirişlar kirita oladigan yaxşi siyosatçilar yetişib çiqadi”, – dedi kommissiya rahbari. 

Şuningdek, YeXHT saylov jarayonida nomzodlar orasida özaro debatlar ötkazilmaganini alohida tanqid qildi. Muzokaralar, debatlar nomzodlarning öz dasturlarini aholiga yanada tuşunarliroq va muqobil yetkazib berişda xizmat qilişini ta'kidladi. Tört nomzod ham bir-birining dasturi va uning hukumat siyosatini tanqid qilmagani, bu esa saylov jarayonida katta yetişmovçilikni yuzaga keltirgani alohida qayd etildi.