Diter Brandenburger, Germaniya – Özbekiston döstlik jamiyati vitse-prezidenti:

– Aholining aksariyati saylovning muhimligini hamda ovoz berişda qatnaşiş zarurligini teran his etayotgani ularning erta tongdan bu jarayonda faol iştirok etişidan ma'lum böldi. Har bir fuqaro millati, dini, ijtimoiy kelib çiqişidan qat'i nazar, saylaş va saylaniş huquqiga ega ekani juda e'tiborlidir. Bu mamlakatingizda inson huquqlari ta'minlanganidan, ijtimoiy tenglik qaror topganidan dalolat beradi.
Aliheydar Rzayev, «Aviamost» jurnali muharriri (BAA):

– Közi ojiz fuqarolarga brayl alifbosida saylov mavzuida risolalar va maxsus byulletenlar çop etilgani, nogironlarga ovoz beriş uçun kabinalar tayyorlangani tahsinga loyiq. Insonlar oilasi bilan bayramona kayfiyatda saylovga keldi. Ular özi va farzandlari kelajagini tanlayotganini juda yaxşi biladi.
Jurnalistlar uçun yaxşi imkoniyalar yaratilgan. Özbekiston matbuotida erkin faoliyat yuritilişining guvohi böldim. Press-klubda hamkasblarimiz bilan muloqot qildik. Birlaşgan Arab Amirliklarida taşkil etilgan saylov uçastkasida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan ham boğlanib turibman. Ular saylov oçiq va oşkora ötganini ma'lum qildi. Özbekistonga yurtimda faoliyat yuritayotgan bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari kelgan.
Muxarbek Didigov, Rossiya Federatsiyasi Federatsiya kengaşining mudofaa va xavfsizlik qömitasi raisi örinbosari:

– Özbekiston xalqi Prezident sayloviga nafaqat mamlakat hayoti, balki özi va oilasining ertangi taqdiri uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega katta siyosiy jarayon sifatida yondaşayotgani, avvalo, kafolatli va barqaror hayot uçun ovoz berayotgani tahsinga loyiq. Samarqand, Buxoro va Toşkent şaharlarida saylovga tayyorgarlik va saylov jarayoni bilan bevosita tanişib, bunda aholining barça qatlami uçun teng va keng imkoniyatlar yaratilganiga guvoh böldik.










