Janubiy Koreya 2017 yilda mudofaa byudjyetini 4 foizga oşirib, 40,34 trln von (34 mlrd dollar) miqdorida rekord darajadagi summa sarflaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda mamlakat milliy mudofaasi vazirligi xabar bermoqda.
Vazirlikda xabar qilinişiça, bu qaror KXDR tomonidan böladigan tahdidlar bilan aloqadordir. Uning ma'lumotlariga köra, 28,4 trln von (24,2 mlrd dollar) turli operatsiyalar xarajatiga, 12,1 trln von (10,4 mlrd dollar) esa qurolli kuçlarning jangovar tayyorgarligini mustahkamlaş uçun sarflanadi.
Ta'kidlanişiça, harbiy byudjyet ilk bor mana şunday qiymatga yetdi va 400,5 trln vonlik umumiy byudjyetning 10 foizini taşkil etmoqda.











