Yevroparlamentning 6-oktabrdagi xabariga köra, taşabbusni 536 deputat qöllab-quvvatlagan. 101 deputat qarşi ovoz bergan, 16 nafari betaraf qolgan.
AGILE - tezkor mudofaa innovatsiyalarini qöllab-quvvatlaş dasturi - yangi texnologiyalarni yaratayotgan korxonalarga tez va maqsadli moliyaviy yordam berişga qaratilgan. Undan startaplar, şuningdek, faoliyatini kengaytirayotgan kompaniyalar ham foydalanişi közda tutilgan.
Dastur mudofaa sohasidagi işlanmalarni yaratiş, sinovdan ötkaziş va bozorga olib çiqiş jarayonini tezlaştirişi kerak. Buning uçun grantlar ajratiş tartibini jadallaştiriş, sinov va sertifikatlaş imkoniyatlaridan foydalanişni yengillaştiriş rejalaştirilgan.
YeIga aʼzo davlatlar dastur doirasida hal qilinişi kerak bölgan vazifalarni belgilaşda iştirok eta oladi. Şu orqali işlab çiqilayotgan mahsulotlarni qurolli kuçlarning amaliy ehtiyojlariga moslaştiriş közlangan.
YeIning texnologiyalar böyiça komissari Henna Virkkunen avvalroq AGILE Yevropaning eng ijodkor texnologik kompaniyalarini mudofaa sanoati bilan yaqinlaştirişi kerakligini aytgan edi.
Mudofaa böyiça komissar Andryus Kubilyus esa uruş olib boriş usullari keskin özgarayotganini taʼkidlab, qurolli kuçlarga yangi texnologiyalar, tezkor yetkazib beriş va raqobatbardoş narxlar zarurligini bildirgan.
Yevroparlament va YEI kengaşi muzokaraçilari dastur böyiça dastlabki kelişuvga 2026-yil iyulda erişgan. Endi hujjat YEI kengaşi tomonidan maʼqullanib, rasmiy jurnalda eʼlon qilinişi lozim.

















