AQŞ davlat kotibi Jon Kerri Alepponi Suriya hukumat kuçlari tomonidan egallanişi mamlakatdagi uruşga yakun yasamasligini ma'lum qildi. U bu haqda Berlinda “GFR oldidagi xizmatlar uçun” oliy mukofotini oliş marosimida sözga çiqib, aytib ötgan.

«Hamma Suriyadagi vaziyatni harbiy yöl bilan hal qilib bölmasligini aytmoqda. Ha, bu töğri. Hattoki Aleppo qölga kiritilsa ham bu uruşga yakun yasamaydi. Oxir-oqibat Rossiya, Asad, eronliklar va boşqalar bu yerda fanatik va boşqa oqim hamda manfaatlar borligini, ularni mojaro tugaşi uçun hal qiliş lozimligini tuşunib yetişadi», — deya ma'lum qildi AQŞ davlat kotibi.

Uning qöşimça qilişiça, AQŞ Suriyada uruş tugatilişini albatta istaydi, “sababi biz (AQŞ)” bu yerda harbiy yeçim yöqligini tuşunamiz va Aleppo hamda Suriyaning boşqa tumanlaridagi dahşatli qon tökilişlari özini hali ön yillar davomida eslatib turişi muqarrar”.