Amerika Qöşma Ştatlari Şavkat Mirziyoyevni Özbekiston Respublikasi Prezidentligi uçun saylovlarda işonçli ğalaba qozongani bilan tabrikladi. Şu bilan birga, Vaşington mintaqadagi barqarorlik saqlanişiga va Markaziy Osiyoning uşbu mamlakatida islohotlar ötkazilişiga umid bildirgan, Davlat departamenti vakili Mark Toner jurnalistlar bilan muloqotida şu haqda ma'lum qilgan.

"Umuman, biz Prezident v.b. va Boş vazir Şavkat Mirziyoyevni Özbekistonning yangi Prezidenti sifatida saylangani bilan tabriklaymiz. Özbekiston öz tarixining yangi sahifasini oçar ekan, biz mintaqaviy barqarorlik ta'minlanişiga va keng miqyosli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar boşlanişiga umid qilamiz", — degan Toner.

Uning ta'kidlaşiça, YeXHT missiyasi saylovlardagi "qator kamçiliklar" va "saylov jarayonidagi nuqsonlar"ni qayd etganiga qaramay, saylovlardagi şaffoflik ta'minlanganini olqişlagan. 

"AQŞ elçixonasi ham kuzatuv işlarini olib borgan", — degan Toner, uning natijalariga oydinlik kiritmagan. 

2016 yil 4 dekabrida Özbekiston prezidentligi uçun navbatdan taşqari saylovlar bölib ötdi. MSK bayonotiga köra, respublika prezidenti vazifasini bajaruvçi Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz töplagan.