Autoevolution naşri ixtiyorida ikkinçi avlod Insignia modelining xetçbeki va universaliga oid suratlar paydo böldi. OPC Line modifikatsiyasidagi avtomobillar rasmiy fotosessiya vaqtida öğrinça suratga olingan.
Monza kontsept kari uslubida işlab çiqilgan Insignia modeli yangi platformada işlab çiqilgan. U avvalgisidan 55 mm uzunroq böladi. Şunga köra, uning ğildiraklar bazasi ham 92 mmga kengayadi. Ğildiraklar ölçami ham 10 mmga kattalaşadi. Şu bilan birga, qanotlari çegarasi 30 mmga pasayadi. Model ayrim namunalarida avvalgisidan 175 kg yengilroq böladi.
Suratlarda aks etgan OPC Line modifikatsiyasi dizayni, pasaygan podveskasi, 20-dyuymli ğildiraklari hamda Brembo tormoz tizimlari bilan farqlanadi.
Yangi avlod Opel Insignia kelgusi yil mart oyida Jyenevada bölib ötadigan motorşouda rasman taqdim etiladi. Xetçbek Grand Sport deb nomlanadi, universal hozirgidek Sports Tourer deb yuritiladi. Yöltanlamas namunasiga Country Tourer deyilişi xabar qilinmoqda.











