Ford kompaniyasi yaqin-yaqindan beri Kyoln şahri çekkasida özining yangi avtomobillar sinovi uçun Yevropa tadqiqot markazi qurilişi bilan şuğullanmoqda. Agar bir jihati bölmaganida, bu hodisa oddiy voqea sifatida qabul qilinar edi. Uşbu markaz bazasida "ob-havo fabrikasi", ya'ni atrof-muhitda har qanday şaroitlar - çaraqlab turgan quyoşdan to favqulodda sovuq haroratgaça imitatsiya qila oluvçi tizim işga tuşadi. Hi-News şu haqida ma'lumot va video taqdim etdi.
Tadqiqot markazining umumiy maydoni 5 500 metrni taşkil qiladi. Fabrika 2017 yilda töliq iş boşlaydi. Uning hududida 2 aerodinamik quvur, 4 iqlim va "toğ kamerasi" joylaşgan. Bundan taşqari, har bir iqlim kamerasining içida atrof-muhit haroratini özgartiriş mumkin.
Şuningdek "Ob-havo fabrikasi"da sun'iy yomğir, qor va döl hosil qiluvçi sozlamalar mavjud. Tadqiqot markazi bazasida elektron tortişuv, tormoz, iqlim-nazorat, kuzovning çidamliligi va barqarorligi, favqulodda haroratlar ta'siri va yana köplab parametrlarni sinovdan ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Ford kompaniyasining Yevropa bölimi rahbarining sözlariga köra, yangi tadqiqot markazi atrof-muhitni Sahro markazidagi şaroitdan to Janubiy qutbdagi haroratgaça sozlaş imkonini beradi. Bu, öz navbatida, kompaniyaga avtomobillarning yangi modellarini işlab çiqiş va ularni bozorga çiqarişga şaroit yaratadi.
Şuni ta'kidlaş joizki, markaz töliq ekspluatatsiyaga tuşmagan bölsa-da, ob-havo imitatsiyasi kamerasi barça sinovlardan ötib böldi. Yangi tadqiqot markazida köproq ma'lumot olişni istaganlar uçun quyida berilgan videoni tomoşa qiling.








