Xitoyning 1360 ot kuçiga ega Nio EP9 giperkari NextEV kompaniyasi Tesla Model X modeliga raqobat qila oladigan, ammo öşa toifadagi Toyota avtomobili narxida sotiladigan krossoverini işlab çiqarmoqçi. Bu haqda Automotive News naşri NextEV asosçilaridan biri Jyek Çengga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Yöltanlamas 70 kVt*soat quvvatga ega batareya bilan ta'minlanadi. Bu esa, avtomobilga qöşimça quvvatlanmasdan 530 kmdan ortiq masofani ortda qoldiriş imkonini beradi. Çengning sözlariga köra, krossover «Tesla Model X nimaga qodir bölsa, öşani bajara oladi, ammo u arzonga tuşadi».

Krossover birinçi navbatda AQŞ bozoriga möljallangan böladi. U 2018 yil oxiri yoki 2019 yil boşida sotuvda paydo bölişi kutilmoqda. 

NextEV kompaniyasining ilk yöltanlamas elektr giperkari Nio EP9 noyabr oyi oxirida namoyiş etilgan edi. Model karbonli monokok, törtta elektromotor va ikkita litiyli batareya töplamiga ega. U 2,7 soniyada «yuz»lik dovonini oşib öta oladi. Eng yuqori tezligi soatiga 312 kmni taşkil etgani holda, bir marta quvvatlangaç 425 km masofaga yetadi. 

Umuman, Nio EP9 giperkaridan atigi 6 dona işlab çiqariladi. Uning har biriga NextEV 1,2 mln dollardan sarflaydi.