AQŞ mudofaa vaziri Eşton Karter Yaponiyaning eng yirik harbiy kemasi — "Izumo" vertolyot taşuvçisi bilan tanişdi, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi.
"Izumo" vertolyot taşuvçisining suv siğimi 19,5 ming tonna bölib, Tokio janubi-ğarbidagi Kanagava prefekturasi Yokosuka bazasida joylaşgan. Kemadan suzuvçi harbiy baza sifatida ham foydalaniş mumkin.
AQŞ va Yaponiya qöşma harbiy maşğulotlar ötkazişda "Izumo"dan foydalangan, xususan, Osprey konvertoplanlarini uçiriş va qöndiriş amaliyotlari ötkazilgan edi.
Kiodo ma'lumotlariga köra, Karter 6 dekabr kuni Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe bilan uçraşişni rejalaştirmoqda.7 dekabrda esa hamkasbi Tomomi Inada bilan harbiy hamkorlik masalalarini muhokama etadi.

"Izumo" tasnifidagi mina taşuvçi-vertolyot taşuvçi kema.












