Madridning «Real» klubi uç nafar futbolçisi öz daromadlarini soliqlarda sir tutganlikda gumon qilinmoqda.
Jamoaning portugaliyalik futbolçilari Fabiu Koentrau va Pepe soliq idoralaridan naq 7 million yevroni yaşirgan, deya xabar beradi Portugaliyaning Expresso naşri.
El Mundo naşri bergan xabarda esa, şuningdek xorvatiyalik yarimhimoyaçi Luka Modriç özining imij huquqini sotişdan körgan daromadlarini ispan soliq idoralaridan berkitib kelgan.
Xabarda yozilişiça, Modriç buning uçun xotini bilan soliq tölovlari juda past bölgan Lyuksemburgda kompaniya faoliyatini yölga qöyişgan. Joriy yilning 18 yanvaridan boşlab soliq xizmati Modriçning 2012, 2013 va 2014 yildagi soliq tölovlari böyiça suriştiruv işlarini boşlab yuborgan.
Fabiu Koentrau va Pepe ham özlarining imij huquqini offşor kompaniyalari orqali sotgani aniqlangan.








