Turkiya jumhuriyati taşqi işlar vazirligi 2016 yil 4 dekabr kuni Özbekistonda bölib ötgan navbatdan taşqari prezidentlik sayloviga doir bayonot berdi. Bayonot matni Turkiya TIV saytida joylaştirilgan.
“Döst va qardoş Özbekistonda 2016 yil 4 dekabrda taşkil etilgan prezidentlik saylovi tinç va xotirjam ruhda bölib ötganidan xursandmiz.
Yurtimiz özbek xalqining saylovlarda ulkan demokratik körinişda bildirgan irodasini mamnuniyat bilan qarşi olmoqda. Özbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama munosabatlarni har jabhada rivojlantiriş borasidagi sa'y-harakatlarimiz bundan keyin ham davom etadi.
Şu munosabat bilan, saylovda ğalaba qozongan Şavkat Mirziyoyevni tabriklaymiz, unga soğliq tilaymiz. 2003 yildan buyon Boş vazirlik vazifasini sidqidildan ijro etgan hamda Özbekistonning birinçi Prezidenti Islom Karimov vafotidan söngra davlat rahbarligi vazifalarini vaqtinça bajargan janob Mirziyoyevga, özbek xalqining farovonligi va taraqqiyoti yölidagi işlarida kömak berişga har doim tayyormiz”, - deyiladi bayonotda.








