Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozoğiston hududi Rossiya mustamlakasi bölganda "yerdan olingan barça boyliklar" çor Rossiya ma'muriyati tomonidan olib çiqib ketilganini aytdi. Bu haqda «Informbyuro» xabar bermoqda. 

"Çor Rossiyasi vaqtida yerdan olingan boyliklarning hammasi olib çiqib ketilgan, bizga esa kavlab taşlangan yer qoldirişgan va çang yutişga majbur qilişgan. Bizda hattoki yöllar ham bölmagan. Endi-çi köryapsizlarmi, qanday temir yölni işga tuşirdik? Avval bunday narsa bölmagan, çunki mustamlaka bölganmiz", deb aytdi Nursulton Nazarboyev «Altyn sapa» (Oltin sifat) prezident mukofoti sovrindorlarini mukofotlaş davomida.

Nazarboyev hozirda Qozoğiston iqtisodiy jihatdan rivojlanayotganini ta'kidlab ötdi. "Biz töxtamayapmiz: ulkan korxonalarni işga tuşirmoqdamiz, yangi iş örinlari, zamonaviy zavodlar yaratmoqdamiz. Hozir dunyoda kim buni qilmoqda? Qaysi davlat? Bunaqa davlat yöq", deb aytdi Qozoğiston prezidenti.

Bundan taşqari, Nazarboyev Qozoğistonda "buyuk xalq" yaşaşiga işonçi komilligini aytdi. "Va siz barçangiz şu xalqning vakilisizlar", deb yuzlandi iştirokçilarga Nazarboyev.