Aqtöbeda neft öğirlaşda gumon qilinayotgan jinoiy guruh a'zolari qölga olindi, deb xabar berdi Qozoğiston milliy xavfsizlik qömitasi.
«Tezkor tadbir davomida neft öğirlaşga aloqador bölgan bir qator şaxslar qölga olindi. Neft va neft mahsulotlari bölgan avtosisternalar olib qöyildi», - deyilgan mahkama xabarida.
Ta'kidlanişiça, ayni damda qölga olinganlarning uyi, şuningdek, öğirlangan neftni legalizatsiya qiliş böyiça tadbirlar amalga oşirilgan korxonalarda tekşiruvlar olib borilmoqda.
Avvalroq, Aqtöbeda keng qamrovli maxsus amaliyot ötkazilayotgani haqida xabar bergandik.












