AQŞning Forbes jurnali Jonni Deppni yilning eng yuqori baholanib yuborilgan aktyori deb topdi. Depp bu "unvonga" ketma-ket ikkinçi yil loyiq deb topilmoqda.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, Depp iştirokidagi oxirgi uçta film unga tölangan har bir dollar uçun 2,8 dollar keltirgan. 

Bu borada 2-örinni Uill Smit egalladi, u olgan gonorarining har bir dollari studiyalarga 5 dollar keltirgan. 3-örinni 6 dollar bilan Çenning Tatum egallamoqda.

4-örinni Uill Ferrell (6,5 dollar), 5-örinni Jorj Kluni (6,7 dollar) egalladi, ulardan keyingi örinlarda Adam Sendler, Mark Uolberg, Leonardo DiKaprio, Djuliya Roberts va Bredli Kuper kelmoqda.

Avvalroq Dueyn Jonson eng katta haq oluvçi aktyorlar röyxatini boşqarayotgani ma'lum qilingandi.