Amerikaning Forbes jurnali sayyoramizning eng boy odamlari (World’s Billionaires 2026) yillik röyxatini yangiladi. Bu yil milliarderlarning umumiy soni rekord darajaga yetdi va röyxatdagi barça iştirokçilarning umumiy boyligi 20 trillion dollardan oşdi - bu ötgan yilga nisbatan 4 trillion dollarga köp.

Qatorasiga ikkinçi yil Ilon Mask (Tesla, SpaceX, xAI) reyting yetakçisi bölib qolmoqda. Uning boyligi 839 milliard dollarga baholangan - bu Forbes hisob-kitoblari tarixidagi bir kişi uçun eng yuqori körsatkiçdir. Birinçi va ikkinçi örinlar örtasidagi farq yarim trillion dollardan oşadi.

Forbes talqini böyiça dunyoning eng boy odamlari Top-10 (2026 yil 1 mart holatiga köra):

- Ilon Mask - $839 mlrd (54 yoş, AQŞ, Tesla / SpaceX / Texnologiyalar)

- Larri Peyj - $257 mlrd (AQŞ, Google / Alphabet, Texnologiyalar)

- Sergey Brin - $237 mlrd (AQŞ, Google / Alphabet, Texnologiyalar)

- Jyeff Bezos - $224 mlrd (AQŞ, Amazon, Texnologiyalar)

- Mark Tsukerberg - $222 mlrd (41 yoş, AQŞ, Meta, Texnologiyalar)

- Larri Ellison - $190 mlrd (AQŞ, Oracle, Texnologiyalar)

- Bernar Arno va oilasi - $171 mlrd (Fransiya, LVMH, Haşamat)

- Jyensen Huan - $154 mlrd (AQŞ, NVIDIA, Yarimötkazgiçlar)

- Uorren Baffet - $149 mlrd (AQŞ, Berkshire Hathaway, Investitsiyalar)

- Amansio Ortega - $148 mlrd (Ispaniya, Inditex / Zara, çakana savdo)

2026 yilda boylik ortişining asosiy omillari - sun’iy intellektning ösişi, rekord darajadagi fond bozorlari va texnologik kompaniyalar aksiyalarining kuçli ösişi. Sun’iy intellekt va yarimötkazgiçlar bilan boğliq kompaniyalar (NVIDIA, Google, Meta va boşqalar) ayniqsa ajralib turadi.

AQŞ hududida hozir 989 milliarder yaşamoqda, Xitoyda (Honkong bilan birga) - 610, Hindistonda - 229.

Ilon Mask allaqaçon tarixdagi birinçi trillioner maqomiga yaqinlaşmoqda: ekspertlar prognozlariga köra, hozirgi dinamika bilan bu yaqin oylarda sodir bölişi mumkin.