Amerikalik biznesmen Ilon Mask boyligi 800 milliard dollardan oşgan dunyodagi birinçi odam böldi, deb yozdi Forbes.
Bu uning SpaceX kompaniyasi sun’iy intellektga ixtisoslaşgan va Grok çatbotini işlab çiqqan xAI kompaniyasini sotib olganidan keyin sodir böldi. Forbes hisob-kitoblariga köra, kelişuv Maskning boyligini 84 milliard dollarga - rekord darajadagi 852 milliard dollarga yetkazdi.
Forbes talqini böyiça eng boy odamlar röyxatida ikkinçi örinni Google hammuassisi Larri Peyj egalladi. Naşr uning boyligini 281 milliard dollarga baholamoqda.
Bitimdan oldin Mask SpaceX’ning 336 milliard dollarlik 42 foiz aksiyasiga, şuningdek, xAI’ning 122 milliard dollarlik 49 foiz aksiyasiga egalik qilgan. Bitimdan söng Mask, Forbes hisob-kitoblariga köra, birlaşgan kompaniyaning 542 milliard dollarlik 43 foiz aksiyasiga egalik qiladi.
«Bu SpaceX’ni Maskning eng qimmat aktiviga aylantiradi», deb xulosa qildi Forbes.
2025 yil 20 dekabrda Forbes Maskning boyligi 700 milliard dollardan oşganini yozgan edi. Bundan beş kun oldin Forbes Maskning boyligini 677 milliardga baholagan va uni boyligi 600 milliarddan oşgan dunyodagi birinçi odam deb atagan edi.
Mask birinçi marta Forbes’ning eng boy tadbirkorlar reytingini 2021 yil yanvarida boşqargan, şunda uning boyligi 190 milliard dollarga baholangan edi.













