«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino Yevropa Ligasining guruh bosqiçida Luganskning «Zarya» klubiga qarşi keçadigan uçraşuv oldidan batafsil intervyu berdi.

- «Zarya»ga qarşi ilk uçraşuv sizlarga katta qiyinçiliklar tuğdirgandi. Oldindagi uçraşuv oldidan xavotirlar bormi?

- Ha, «Zarya»ga qarşi öz maydonimizdagi birinçi uçraşuv bizga yetarli darajada oğir ötgandi. Öşanda raqib ham ança qiynalgan. Oldindagi öyin biz uçun juda muhim. Biz Yevropa Ligasida qolişimiz kerak. Şunga harakat qilamiz. Öylaymanki, raqib ham maydonga borini taşlaydi. Bizda dam oliş va tayyorlaniş uçun faqat bir kun böldi. Ammo yaxşi öyin körsatişga harakat qilamiz. Bizga ğalaba juda zarur.

- Sizga qaysi biri muhimroq — Angliya premer-ligasimi yoki Yevropa Ligasi?

- Hamişa navbatdagi öyin eng muhimi böladi. Bugun men sizga Yevropa Ligasi muhim deyman, bu öyindan ötib olganimizdan keyin premer-liga muhimligini aytaman.

- Birinçi öyin vaqtida öz yordamçilaringiz bilan ziddiyat yuzaga kelgandi…?

- Bu savolga javob qaytarmayman.

- Vernidub («Zarya» boş murabbiyi) matbuot anjumanida siz dunyoning eng yaxşi murabbiyi ekaningizni va sizning klubingizda amaliyot ötaşni istaşi haqida aytdi.

- Buni eşitiş yoqimli, ammo men özimni eng zör deb bilmayman. Bunday murabbiy yöq. Çempionatning eng yaxşi murabbiyi böladi, ammo dunyoning eng yaxşi murabbiyi bölmaydi. U mendan nimadir örgansa, men ham undan nimadir olaman. Men har bir öyinda öz hamkasblarimdan qandaydir saboq olaman. Agar ertaga raqib öyinida nimadir yangi narsa körsam, bundan xursand bölardim.

- Sizning jamoangizda vaziyatlarni golga aylantirişdagi salbiy körsatkiçlar sababi nimada? Balki, bu psixologiya bilan boğliqdir?

- Yöq, bu öyinda böladigan vaziyatlar.

- Siz qöriqçilar yollabsiz. Odessa siz uçun şunçalar xavflimi?

- Men hammasi yaxşi bölişini istayman. Yaxşi mehmonxona va yaxşi tuşlik söradim. Bular eng muhimlari(kuladi). Sizga aniq ma'lumotlar yetkazişmabdi.

- Internetda sizning jamoaningiz öyini haqida juda yomon fikrlar bildirilmoqda…

- Hamma öz fikrini bayon qilişi mumkin. Biz «Feyyenoord» bilan safar öyinida yutişimiz kerak edi, öyinda ustunlik qilgandik. «Fenerbahçe»da ham ğalaba qozonişimiz kerak edi, ammo yutqazdik. Biz Yevropa Ligasida qolişimiz uçun ertaga oçko olişimiz kerak.

Mourino UYeFAdan norozi