Dunyoning eng janubiy qit'asidagi juda ham katta bölgan yoriqning uzunligi 112 kilometr, eni – 100 metr, çuqurligi esa – 500 metrni taşkil qilmoqda, deb xabar berdi Live Science. Uning paydo bölişi muzlikning asta-sekin parçalanib borayotgani va yaqin vaqt içida maydoni deyarli 6,5 ming kvadrat kilometr bölgan megaaysberg paydo bölişini anglatadi.

Yoriq Larsen muzligida paydo bölgan. Mutaxassislarning taxminiça, Janubiy yarim şarda yoz kelsa, u yirik aysberg holatiga kelişi mumkin. Muzlikning parçalanişi esa eriş jarayonini tezlaştirib, Antarktida qit'alar muzligining “asta-sekin surilib tuşişi”ni çaqiradi. Bu esa oxir-oqibat Jahon okeani darajasini 82 santimetrga kötarib yuboradi.