Yevropa komissiyasi 9 dekabr kuni Germaniya va YeIning yana olti davlatiga nisbatan tekşiruvlarni boşladi. Bu holat Volkswagen işi böyiça röy bergan ehtimoliy qonun buzilişlari bilan boğliqdir, deb xabar berdi «Interfaks».

Eng asosiy ayblovlar Germaniyaga qöyilmoqda. Aynan şu mamlakatda avtokonsernning qarorgohi joylaşgan. Yevrokomissiya ma'lumotlariga köra, GFR hukumati «dizel mojarosi»dan söng heç qanday qöşimça çoralarni körmagan. Şuningdek, komissiyaning fikriça, nemis hukumati ma'lumotlar bilan nayranglarga atayin yöl qöygan bölişi ham mumkin.

Germaniyadan taşqari tekşiruvlar Çexiya, Litva, Gretsiya, Lyuksemburg, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga nisbatan ham boşlandi.

Germaniya transport vaziri Aleksander Dobrindtning fikriça, mamlakat Volkswagen’ni jazolaş masalasida YeI qonunçiligini buzmagan va unga boğliq bölgan barça işni qilgan.

Ma'lumot uçun, Yevropa qonunlariga köra, çiqarilgan gazlar miqdorini sun'iy ravişda kamaytiruvçi uskuna yoki dasturiy ta'minotdan foydalaniş – qat'iyan taqiqlangan.