DW xabariga köra, Irlandiyaning Yevropa işlari böyiça vaziri Tomas Birn bu haqda 12-oktabr kuni X ijtimoiy tarmoğida maʼlum qilgan.

U YEI davlatlari Ukraina va Moldova uçun ikkinçi va uçinçi klasterlarni oçiş, Albaniya bilan muzokaralarda 17-, 18- va 19-boblarni, Çernogoriya bilan esa 20-bobni yakunlaş böyiça kelişuvga erişganini bildirgan.

Ukraina uçun yangi klasterlarni oçişga Vengriya roziligini olişda taʼlim töğrisidagi qonunga kiritilgan özgartişlar muhim ahamiyat kasb etgan.

12-oktabr kuni Ukraina Oliy Radasi milliy ozçiliklar huquqlariga taalluqli uşbu özgartişlarni ikki öqişda va yaxlit holda maʼqullagan. Keçqurun deputat Yaroslav Jeleznyak qonunni prezident Volodimir Zelenskiy imzolaganini maʼlum qilgan.

YeIga qöşiliş muzokaralari oltita yirik tematik guruh - klasterga bölingan. Ular qonunçilik va davlat siyosatining turli sohalarini qamrab oladi. Muzokaralar davomida nomzod mamlakatning YEI qoidalari va standartlarini qöllaşga tayyorligi baholanadi.

Klasterlar «Asoslar», «Içki bozor», «Raqobatbardoşlik va inklyuziv ösiş», «Yaşil kun tartibi va barqaror özaro boğliqlik», «Resurslar, qişloq xöjaligi va hamjihatlik» hamda «Taşqi munosabatlar» deb nomlanadi.

Ukraina uçun birinçi - «Asoslar» klasteri 15-iyun kuni oçilgan edi. Yangi klasterlarni oçiş aʼzolikka qabul qilişning özi emas, balki tegişli sohalar böyiça muzokaralarni boşlaş bosqiçidir.

Avvalroq, 5-oktabrda YeIning kengayiş masalalari böyiça komissari Marta Kos Ukraina va Moldova uçun ikki klasterni 13-oktabr kuni Lyuksemburgdagi hukumatlararo konferensiyada oçiş mumkinligini aytgan. Konferensiya YeIning Umumiy işlar böyiça kengaşi yiğilişi doirasida ötkazilişi belgilangan.

Kosning taʼkidlaşiça, Ukraina va Moldova juda murakkab şaroitda tizimli islohotlar ötkazmoqda. Şunga qaramay, ular YeIga qöşiliş muzokaralarida yetakçilik qilayotgan tört mamlakat qatoriga kiradi.

Yevrokomissiya nomzod davlatlardagi islohotlarning barça yönalişlari böyiça batafsil bahosini 28-oktabrda, kengayişga oid yillik hisobotida eʼlon qilişi kutilmoqda.

Marta Kos Ukraina bir vaqtning özida öz mavjudligini saqlab qoliş uçun kuraşayotgani va YeIga qöşiliş jarayonida iştirok etayotganini taʼkidlagan. Uning aytişiça, Kiyev byudjet va armiya ehtiyojlari uçun qöşimça mablağ oliş maqsadida ham islohotlarni davom ettirişi kerak.