Tojikistonda sud Imom Humayniy nomidagi "Imdod" qömitasi vakolatxonasini yopdi. Bu qaror Adliya vazirligi da'vosi asosida çiqarilgan. Bu haqda Assoşieyted Press xabar tarqatdi.
Ma'lum qilinişiça, Duşanbe şahridagi Ismoil Somoni tumani sudi Adliya vazirligining Tojikistonda Eronning "Imdod" qömitasi faoliyatini töxtatiş böyiça bergan da'vosini qondirgan. Manba bu borada qöşimça ma'lumot bermagan.
Şu yilning 27 iyulida Tojikiston Adliya vaziri Rustam Şohmurod jurnalistlarga ma'lum qilgandiki, eronliklar qömitasi faoliyatidagi qonunbuzarliklar yuzasidan bir neça marta ogohlantirişlar bildirilganiga qaramasdan, qömitadagilar bu murojaatlarni e'tiborsiz qoldirdi.
Vazirlikdagilar bu iş töla yopilgaç, batafsil ma'lumotlar berişni va'da qilişgan. Şuningdek, Eronning Tojikistondagi elçixonasi ham bu borada izoh bermagan.
Tojikistondagi qömita vakolatxonasi yopilişi haqidagi gaplar 2015 yil boşida paydo bölgandi. Ammo 2015 yil fevralida Eronning Duşanbedagi elçisi Hujatullo Fağoniy bu xabarlarni rad etib, qömita faoliyati yaxşi ketayotgani haqida bildirgandi.
Imom Humayniy nomidagi qömita Eronning madaniy va xayriya taşkiloti hisoblanadi. Qömita 1996 yildan buyon Tojikiston hududida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Qömita faoliyati töxtatilişiga Tehron va Duşanbe munosabatlariga sovuqlik tuşgani sabab bölişi mumkin.
Ötgan yilning dekabrida Tehron xalqaro konferensiyaga Tojikistonda taqiqlangan Islom uyğoniş partiyasi yetakçisi (bu partiya 2015 yil sentabrida Tojikistonda bölib ötgan isyon taşkilotçiligida ayblangan) Muhiddin Kabiriyni taklif qilgandi. Hatto u bilan Eron diniy rahnamosi oyatullo Ali Xomaneiyning uçraşuvi taşkillaştirilgan. Şundan söng, Tojikiston Eronni terrorizm qöllovçisi sifatida aybladi.
Köp ötmay Tojikiston TIV Eronning Duşanbedagi elçisi Fağoniyga bu masala yuzasidan nota yuborgandi.











