Misr poytaxti Qohira şahridagi muqaddas Mark nomidagi koptlar soborida amalga oşirilgan terakt tufayli halok bölganlar soni ortdi. Al Jazeera sayti mahalliy manbalarga asoslanib xabar qilişiça, qurbonlar soni 25 nafarga yetgan, kamida 50 kişi jarohatlangan.

Dastlabki ma'lumotlarda terakt 7 kişining ölimiga sabab bölgani aytildi. Keyinroq qurbonlar soni 18 nafarga yetgani xabar qilindi.

CBC Extra tvitterida qayd etilişiça, ibodatxonada 12 kilogramm trotilli portlovçi qurilma harakatga keltirilgan.

Hozirda hodisa röy bergan hudud örab olingan.

Ijtimoiy tarmoqda terakt joyida olingan videolar tarqalmoqda.

Ma'lum qilinişiça, oldindan belgilangan vaqtda portlagan bomba sobor binosi devoriga örnatilgandi. Yana boşqa xabarlarga köra, portlovçi qurilma ibodat vaqtida noma'lum şaxs tomonidan içkariga uloqtirilgan. Hozirça heç qaysi taşkilot uşbu portlaş uçun javobgarlikni zimmasiga olmadi.

RIA Novosti agentligi Misr Içki işlar vazirligidagi manbasiga asoslanib xabar qilişiça, uşbu teraktdan söng mamlakatdagi barça çerkovlarda xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan.

Xristian-koptlar turli manbalarga köra, Misr aholisining 10 foizdan 20 foizgaça bölgan qismini taşkil qiladi (taxminan 6,5-13 million kişi). Ularning aksar qismi Koptlar pravoslav çerkoviga, yana bir qismi — Koptlar katolik çerkoviga böysunadi. Keyingi vaqtlarda koptlar tez-tez diniy radikal kuçlar nişoniga aylanmoqda.