Uyo şahrida (Akva-Ibom ştati, Nigeriya) çerkov tomi tuşib ketişi oqibatida halok bölganlar soni 160 nafarga yetdi.

Guvohlarning sözlariga köra, Akva-Ibom ştatidagi çerkovni yangi yepiskop şarafiga tezroq foydalaniş uçun topşirişga şoşilişgan. Ma'lumotlarga köra, çerkovning qulaşi vaqtida uning içida yuzdan ziyod kişi bölgan. Ular orasida ştat gubernatori Udom Emmanuel ham bölib, unga zarar yetmagan.

Qurbonlar soni ortişi mumkin, deyiladi xabarda. Gubernator vakilining xabar berişiça, bino qulaşi sabablari örganiladi.