Afğoniston şarqidagi Parvan viloyatida “Tolibon” radikal harakati qömondonlaridan biri Mulla Naim Kör yöq qilindi. U harbiy amaliyot vaqtida öldirilgan, deb xabar berdi mamlakat IIV duşanba kuni.

“Afğoniston milliy fuqarolik politsiyasi Parvan viloyatidagi Siyoh Gard aholi punktida maxsus amaliyotni ötkazdi. Uning natijasida Umaduddin nomi bilan tanilgan Mulla Naim Kör yöq qilindi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Şuningdek, yana uç nafar jangari jarohat olgani ma'lum qilindi.

Eslatib ötamiz, Afğonistondagi vaziyat sönggi oylar davomida jiddiy yomonlaşgan. Avval mamlakatning asosan qişloq joylarini egallab turgan “Tolibon” harakati yirik şaharlarga hujum boşladi. Şuningdek, mamlakat hududida IŞID ta'sir doirasi ham kengaygani aytilmoqda.