Qantas Pertdan Londonga uzluksiz reyslarni yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Bu Avstraliyani Yevropaga töğridan-töğri olib çiquvçi dunyodagi birinçi uzluksiz yölovçi reysi hisoblanadi. Gulf News naşri şu haqida ma'lum qildi.
Manbaga köra, aviakompaniya 17 soatli parvozlar uçun Boeing 787-9 Dreamliner samolyotlaridan foydalanadi.
"Avstraliyaliklar heç qaçon Yevropaga töğridan-töğri çiqiş imkoniga ega bölişmagan. Şunday ekan, bu katta imkoniyatlarga yöl oçadi", - dedi ijroji direktor Alan Joys.
"Bu sayohatçilar uçun yaxşi yangilik, çunki endilikda Londonga boriş yengillaşadi. Bu Ğarbiy Avstraliya uçun ham yaxşi yangilik, çunki u yangi iş örinlarini paydo qilib, turizmning rivojlanişiga sabab böladi. Bu millat uçun ham yaxşi yangilik, çunki u bizni eng yirik savdo hamkorlarimizdan biriga yaqinlaştiradi", - qöşimça qildi u.
Uşbu parvoz dunyoning eng uzoq parvozlaridan biri va Dreamliner'ning eng uzoq parvozi hisoblanadi.
Manbaga köra, parvoz çiptalari kelasi yilning aprelida sotuvga çiqadi.
Dunyodagi eng uzoq parvoz qiluvçi uzluksiz reys Dubaydan (BAA) Oklendga (Yangi Zelandiya) qatnovçi Emirates EK448 va u yerdan qaytuvçi EK449 reysi bölib, u 14 200 kilometrni taşkil qiladi. Mazkur reys 2016 yilning 1 martidan yölga qöyilgan. Birinçi reys Airbus A380-800 samolyoti orqali amalga oşirilgan, lekin keyingi muntazam reyslarda Boeing 777-200LR qöllanilgan.
Qantas'ning 17 soatli Pert-London töğridan-töğri reysining masofasi esa 14 498 kilometrni taşkil qiladi va dunyoning yetakçi aviakompaniyalari örtasida raqobatni yuzaga keltiradi.












