Bir neça yil avval talabalar yiğini sifatida ilk bor ötkazilgan Butunjahon robotlar öyinlari bu yil dunyodagi deyarli barça yirik ommaviy axborot vositalari eʼtiborini jalb qilayotgan katta tadbirga aylandi. Musobaqa norasmiy ravişda «robotlar Olimpiadasi» deb atalmoqda.

Unda 16 mamlakatdan 666 jamoa 2 mingdan ortiq robotlari bilan iştirok etmoqda. Ular orasida faqat akkumulyatorini almaştiriş uçungina inson yordamiga muhtoj bölgan töliq avtonom robotlardan tortib, hali ham taşqi boşqaruv talab qiladigan maşinalargaça bor.

Robotlar nafaqat sport turlarida, balki kundalik hayotda foydali bölişi mumkin bölgan işlar, masalan, gaykani buraş, şişa va turli çiqindilarni kötariş, hattoki joy yiğiş böyiça ham bahslaşişadi.

Pekindagi X-Humanoid odamsimon robototexnika innovatsiya markazi tomonidan yaratilgan robot 100 metr masofani 9,39 soniyada bosib ötdi. Bu yamaykalik Useyn Bolt tomonidan 2009-yilda örnatilgan 9,58 soniyalik jahon rekordidan tezroq körsatkiç hisoblanadi.

Biroq öyinlar rasmiy oçilişidan avvalroq Honor kompaniyasining Lightning roboti namoyiş vaqtida undan ham tezroq - 9,32 soniya natija körsatgandi. Şunisi ham borki, robotlar tez yugurişni yaxşi örgangan bölsa-da, töxtaşni yaxşi özlaştirişmagan. Ular marraga yetganidan söng na töxtaydi, na buriladi. Natijada tösiqqa borib urilib, parçalanib ketadi. Lightning bilan ham şunday böldi va u musobaqada qatnaşmadi. 

Lightning joriy yil aprelida yarim marafon masofasida rekord örnatgandi - 50 daqiqa 26 soniya. Bu efiopiyalik Yomif Kejelça tomonidan örnatilgan 56 daqiqa 51 soniyalik jahon rekordiga qaraganda ança yaxşi natija hisoblanadi.

Yana bir rekord ham X-Humanoid robotiga tegişli böldi. U balandlikka sakraşda 2,88 metr natija qayd etdi. Kubalik maşhur sportçi Xaviyer Sotomayorning 1993-yildan beri heç kim yangilay olmayotgan rekordi esa 2,45 metr.

Butunjahon robotlar öyinlari 26-avgustgaça davom etadi.