Germaniya Qurolli kuçlarida harbiy xizmatçilar soni sönggi 13 yildagi eng yuqori darajaga yetdi. Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, 2026-yil iyul oyi oxirida Bundesver safida 186 700 nafar harbiy xizmat qilgan.

Bu körsatkiç 2025-yil iyul oyiga nisbatan 3700 nafarga yoki 2 foizdan köproqqa oşgan.

Vazirlikning ta’kidlaşiça, harbiylar soni 2026-yil uçun belgilangan maqsadli körsatkiçlar doirasida bormoqda.

Reuters qayd etişiça, iyul Bundesverda an’anaviy ravişda yangi ofitserlarni xizmatga qabul qilişning asosiy oylaridan biri hisoblanadi. Biroq bu yilgi ösişga Germaniyada harbiy xizmat böyiça yangi qonunning kuçga kirişi ham sezilarli ta’sir körsatgan.

18 yoşlilarga harbiy xizmat böyiça anketa yuborilmoqda

2026-yil boşidan Germaniyada 18 yoşga tölgan fuqarolarga olti oylik köngilli harbiy xizmatni ötaş istagi bor-yöqligi haqida maxsus xat va sörovnoma yuboriş tizimi işga tuşirildi.

Yigitlar uşbu anketani töldirib, qaytarişi şart. Qizlar uçun esa sörovnomaga javob beriş ixtiyoriy hisoblanadi.

Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, hozirgaça taxminan 378 ming nafar yoşga bunday xatlar yuborilgan.

Iyul oyining özida ularning qariyb 2630 nafari harbiy xizmatga yaroqliligini baholaş jarayonidan ötgan. Bu iyun oyiga nisbatan 35 foizga köp.

Ayni paytda yangi tizim doirasida Bundesver safida qariyb 12 100 nafar köngilli va qisqa muddatli kontrakt asosidagi harbiy xizmatçi xizmat qilmoqda. Bu bir yil avvalgi körsatkiçdan taxminan 6 foiz yuqori.

Harbiy xizmatga arizalar 26 foizga oşdi

Germaniya Mudofaa vazirligi kontrakt asosida harbiy xizmat ötaş istagini bildirganlar sonida ham sezilarli ösiş qayd etgan.

Xususan, 2026-yil iyul oyida 47 300 kişi tegişli ariza topşirgan. Bu 2025-yilning şu davriga nisbatan 26 foizga köp.

Iyul oyi oxiri holatiga Bundesver safiga qabul qilingan yangi harbiylar soni 15 400 nafarni taşkil etgan. Bu ötgan yilga nisbatan 12 foizlik ösiş demakdir.