Toşkent metropolitenida bir kunda taşilgan yölovçilar soni böyiça navbatdagi rekord qayd etildi.
21-sentabr kuni metro xizmatlaridan jami 1 181 581 nafar yölovçi foydalandi.
Bundan avvalgi eng yuqori natija 2026-yil 14-sentabr kuni qayd etilgan edi. Öşa kuni Toşkent metrosi 1 165 550 nafar yölovçiga xizmat körsatgan.
Yangi körsatkiç avvalgi rekorddan 16 031 nafarga köp böldi.
Metropoliten mutaxassislari olib borayotgan monitoring va tahlillar yölovçilar oqimining ösiş tendensiyasi davom etayotganini körsatmoqda.
Mavjud körsatkiçlar asosida oktabr oyida metroning bir kunlik yölovçilari soni 1,2 million nafarga yetişi kutilmoqda.
Şu munosabat bilan Toşkent metropoliteni 1 200 000-yölovçini alohida aniqlab, unga maxsus imtiyoz yoki sovğa taqdim etişni rejalaştirgan.
Mazkur taşabbus yölovçilarni rağbatlantiruvçi va ramziy tadbir sifatida taşkil etilişi közda tutilgan.
Şuningdek, 2026-yilda xarid qilinişi rejalaştirilgan 14 ta zamonaviy poyezd tarkibining barçasi Toşkent metropoliteniga yetkazib berilgan.
Yangi poyezdlar yölovçilarga qulay va tezkor xizmat körsatiş hamda harakatni ösib borayotgan yölovçilar oqimiga moslaştirişda foydalanilmoqda.












