2016 yilning sentabr oyidan qatnay boşlagan Andijon–Toşkent poyezdiga maktab öquvçilari tomonidan toş otiş holatlari qayd etilmoqda. Masalan, joriy yil 2 oktabr kuni Farğona viloyati Danğara tumanida yaşovçi 10 yoşli A.Tursunov va A.Qurbonov mazkur yönalişdagi poyezd oynasiga toş otib sindirgan. Bu haqda “Postda” naşri yozmoqda.
Poyezdni toşböron qiliş holati Özbekiston, Qöştepa, Oltiariq tumanlarida ham qayd etilgan. Ma'lum qilinişiça, yölovçi poyezd vagonining bitta oynasi 5 million sömdan ortiq turadi. Mazkur holatlar yuzasidan bolalarning ota-onalariga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga köra jarima solingan. Bundan taşqari, yetkazilgan zararni ota-onalardan undiriş böyiça da'vo kiritilgan.
Gazetaning yozişiça, Farğona viloyat xalq ta'lim boşqarmasi rahbari Z.Teşaboyev öquvçilar tomonidan bunday salbiy harakatlar sodir etilmasligi uçun maktab dasturiga bu borada qöşimça dars kiritiş lozimligini aytgan.











