“Tadbirkor ayol” Özbekiston işbilarmon ayollar assotsiatsiyasining taşkil topganiga bu yil 25 yil töldi. Şu munosabat bilan “Zarafşon” kinokonsert zalida katta tadbir bölib ötdi. Assotsiatsiyaga ayni paytda 14 ming nafardan ortiq tadbirkor ayol birlaşgan.
Ötgan davr mobaynida taşkilot a'zolarining sa'y-harakatlari, ilgari surilgan loyihalar asosida 130 mingdan ortiq yangi iş örni taşkil etildi. 14 ming nafardan ortiq xotin-qiz biznes asoslariga öqitildi. 9 mingdan ziyod vaqtinça işsiz bölgan ayollar mehnat bozorida xaridorgir bölgan kasb-hunarga yönaltirildi. Elçixonalar bilan örnatilgan hamkorlik tufayli köplab ayollar Özbekiston va xorijiy mamlakatlari biznes forumlarida qatnaşib, mamlakat eksport salohiyatini oşirişga munosib hissa qöşişmoqda.
Assotsiatsiya a'zolari kredit oliş, körgazmalarda iştirok etiş, çet ellarga çiqiş bilan bir qatorda, Özbekistondagi va çet ellardagi tadbirkor ayollar bilan tajriba almaşiş kabi imtiyozlarga ega. Har bir hududiy bölimda tadbirkorlik alifbosi, biznesning huquqiy asoslari yuzasidan öquv-seminarlar, treninglar olib boriş izçil yölga qöyilgan. Şu örinda 14 ta viloyat, 68 ta tuman va şahar bölinmalari va vakilliklarida xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oşiriş, oilaviy tadbirkorlikni keng tarğib etiş, samarali tadbirkorlik yuritişga yönaltirilgan talaygina işlar amalga oşirildi. Ayniqsa, yoşlarimizni iş bilan ta'minlaş borasida kollej bitiruvçi qizlari uçun öquv-seminarlar taşkil etildi. Ularga tadbirkorlik xususida ilk saboqlar, könikmalar berildi. Kollej bitiruvçilaridan 491 nafari işga joylaştirildi, 45 nafar qiz öz biznesini yölga qöydi.
Har bir viloyatda 120 tadan 4 xil yönalişda, Respublika böyiça 60 mingta nafardan ortiq xotin-qizlar yangi kasbga yönaltirildi.
Hozirgi kunda Özbekistonda kiçik biznes sub'yektlarining 120 mingdan ziyodini, xususan fermer xöjaliklarining 4 ming 550 dan ortiğini xotin-qizlar samarali boşqarmoqda.











