Özbekiston soğliqni saqlaş vazirligi 2015-2016 yillar mobaynida Özbekiston aholisining tuz iste'mol qiliş darajasini aniqlaş böyiça tadqiqot olib bordi. U Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bilan hamkorlikda amalga oşirilgan, deb yozmoqda Podrobno.uz sayti.
Özbekiston Respublikasi JSSTning Yevropa mintaqasida şunday tadqiqot ötkazgan ilk mamlakat bölgani ta'kidlanmoqda. Aholi örtasida tuz iste'moli darajasini örganiş natijasida aniqlanişiça, respublikaning 18-64 yoşli aholisi orasidagi tuz iste'mol qiliş miqdori kuniga örtaça 14,9 grammni taşkil etadi.
Bunda, 46,5 foiz aholining tuz iste'moli yuqori ekani (kuniga 15 grammdan köp) 53,2 foiz aholining bu boradagi körsatkiçi örtaça, (kuniga 7,5-15,0 g) va 0,3 foiz fuqarolar kam (kuniga 7,5 grammdan kam) ekani ta'kidlangan. Katta yoşdagi erkaklarning 75 foizi kuniga 15 grammdan köp tuz iste'mol qiladi.
Şu bilan birga, jinslar örtasida, şuningdek, şahar va qişloqliklar orasida ham tuz iste'moli borasida tafovut aniqlanmagan. Umuman, tadqiqot natijasi şuni körsatganki, Özbekiston aholisining tuz iste'mol qiliş darajasi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiya qilgan bir kunlik me'yordan (kuniga 5 grammdan kam) 3 marta ortiqdir.
Tibbiyot sohasi mutaxassislarining fikriça, tuzni köp iste'mol qiliş qon bosimi ortişiga olib keladi. Buning natijasida, yurak xastaliklari va insult xavfi kuçayadi.
Agar, kunlik tuz iste'molini tavsiya qilingan 5 grammlik körsatkiçga tuşirişga erişilsa, jahon böyiça bir yilda 1,7 million insonning yuqoridagi kasalliklar tufayli jon berişining oldi olingan bölar edi. Insonlar köp hollarda, bir kunda qança tuz iste'mol qilayotganlarini tasavvur ham qila olişmaydi. Köplab mamlakatlarda, tuzning katta qismi qayta işlangan oziq-ovqat mahsulotlari yoki köproq iste'mol qilinadigan mahsulotlar (non) orqali qabul qilinadi.












