Ğarb davlatlari Suriyaga jönatgan barça gumanitar yordam terrorçilarga möljallangan bölgan, deb aytdi Suriya prezidenti Başar Asad.
"Agar rosti va dangalini aytadigan bölsak, aslida ğarb davlatlari yuborgan barça yordam terrorçilarga möljallangan bölgan. Ular heç qaçon birorta suriyalik hayoti haqida qayğurişmagan", deb aytdi Asad RT naşriga bergan intervyusida.
"Bizda terrorçilar tomonidan qurşab olingan va bosib olingan şaharlar hali ham köp. Terrorçilar u yerlarga na suv, na yegulik, na hayotiy zarur narsalarni yetkazişga imkon bermayapti. Bu şaharlar har kuni bombalardan öqqa tutiladi. Yevropa Ittifoqi qamaldagilarga nima yubordi?", deb savol bilan yuzlanmoqda Asad.
Asad Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining YeI Suriyaga gumanitar yordam körsatayotgan yagona tuzilma ekanligi haqidagi gaplarini inkor etdi.
"Siz inson hayoti, gumanitar jihat haqida gapirganingizda, sizga farqi yöq. Bu ular davom ettirayotgan ikkiyuzlamaçilik, yolğondir va bu borgan sari jirkanç yolğonga aylanmoqda", deb aytdi Asad.












