Mavzu yuzasidan “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Jahongir Akramov va Anvar Yöldoşev söz yuritdi.
Jahongir Akramov: Uruş boşlanganidan beri jismoniy va yuridik şaxslarga qarşi qöllangan eng yirik çeklovlardan biri bölgan bu çoralar 1 569 ta subyektni qamrab oldi. Ularning 826 tasi kompaniya va boşqa yuridik şaxslar, 743 tasi esa jismoniy şaxslardir. Natijada sanksiyalar röyxatidagi subyektlar soni qariyb 3 mingdan 4 600 taga yetdi. Bu qariyb 50 foizlik ösişni anglatadi. Qarorning qisqa muddatda qabul qilingani ham eʼtiborga molik. Sanksiyalarning asosiy nişonlaridan biri - Rossiya armiyasini qurol-yaroğ, raketa va dronlar işlab çiqariş uçun zarur uskunalar bilan taʼminlayotgan kompaniyalar. Ular qatoriga Gorkiy şahri nomi bilan tanilgan Nijniy Novgoroddagi GAZ avtomobil zavodi ham kiritilgan.
Şuningdek, Rossiyaning nikel sanoatidagi ayrim korxonalari, Moskva va Sankt-Peterburg temiryöl tizimiga xizmat körsatuvçi taşkilotlar hamda Rossiya qurolli kuçlari uçun muhim bölgan radioçastota va aloqa texnologiyalari bilan şuğullanuvçi kompaniyalarga nisbatan ham çeklovlar joriy etilgan.
Dastlab sanksiyalar röyxatiga kiritilişi rejalaştirilgan kompaniyalardan biri esa Estoniyaning talabi bilan undan çiqarilgan. Bunga uşbu korxonaning Estoniya uçun muhim xomaşyo yetkazib beruvçi manba ekani sabab bölgan.
Yangi çeklovlar sanksiyaga tuşgan kompaniyalarning Yevropa Ittifoqidagi aktivlari va bank hisobvaraqlariga taʼsir körsatişi, ularning Yevropa bilan iqtisodiy aloqalarini çeklaşi mumkin. Bundan taşqari, Yevropa Ittifoqi uşbu kompaniyalar bilan savdo qiladigan uçinçi davlatlardagi hamkorlarga ham bosimni kuçaytirişga urinişi mumkin. Xususan Turkiya va Birlaşgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlar orqali amalga oşiriladigan savdo aloqalariga ham taalluqli.
Mazkur qarorni Rossiyaga qarşi moliyaviy bosimni kuçaytiriş yölidagi muhim qadam sifatida baholaş mumkin.
U Yevropa Ittifoqining navbatdagi, 22- va 23-sanksiyalar paketlarini işlab çiqişiga ham zamin yaratişi mumkin. Biroq bu qarorning yana bir muhim jihati bor, u AQŞga ham bilvosita bosim ötkaziş vositasi bölişi mumkin. Maʼlumotlarga köra, sanksiyaga kiritilgan kompaniyalarning qariyb 100 tasi AQŞ bilan savdo aloqalariga ega. Yevropa Ittifoqi şu orqali Vaşingtonning Rossiyaga nisbatan sanksiya siyosatida yumşaş ehtimoliga qarşi öz pozitsiyasini mustahkamlaşga urinayotgan bölişi mumkin.
AQŞning ayrim çeklovlarni vaqtinça yumşatişi yoki bekor qilişi ehtimoli fonida Yevropa Ittifoqining bu qarorini oldindan körilgan iqtisodiy va siyosiy çora sifatida ham talqin qiliş mumkin. Demak, yangi sanksiyalar nafaqat Rossiya iqtisodiyoti va harbiy-sanoat majmuasiga, balki transatlantik hamkorlik doirasidagi sanksiya siyosatiga ham taʼsir körsatişi mumkin.









