Samarqandda sönggi paytlarda eşaklar bilan boğliq bir qança miş-mişlar avj oldi. Bu holatga xalq orasida “eşaklar qabristoni” haqida gap-sözlar tarqalgani ayniqsa ta'sir körsatdi.
Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, 2016 yilning 5 dekabr kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga Samarqand şahri “Ozod Şarq” köçasi 37-uyda istiqomat qiluvçi fuqaro R.Tedeyev murojaat qilib, Samarqand şahri Xişrav qörğoni hududida joylaşgan şahar taşqarisidagi markaziy çiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida ommaviy tarzda yirik şoxli hayvonlarning jasadlari va turli qoldiqlari taşlab yuborilganligini hamda mazkur holat öta xavfli yuqumli kasalliklarning epidemiyasiga olib kelişi mumkinligini bayon etgan.
Mazkur holat joriy yil 6 dekabrida jurnalist Toşpölat Rahmatullayevning feysbukdagi sahifasida ham yoritilgan.
Murojaat yuzasidan viloyat hokimi boşçiligida DSENM boş vraçi, tabiatni muhofaza qiliş qömitasi raisi, veterinariya, favqulodda vaziyatlar, yer resurslari va davlat kadastri boşqarmalari boşliqlari, Samarqand tumani hokimi hamda masalaga aloqador taşkilot va korxonalar rahbarlari iştirokida voqea joyi borib örganildi. Bu yerda köp miqdorda eşak jasadlari, suyaklari hamda ular atrofida daydi itlar, muşuklar va yovvoyi quşlar borligi aniqlandi.
Bundan taşqari, suv havzasi yaqinida qölbola usulda loydan uylar va turli binolar qurilgan bölib, suyaklarni kuydiriş uçun möljallangan qölbola peç, suyak maydalovçi yasama tegirmon borligi kuzatildi.
Hududdagi nobarqaror sanitar-epidemiologik holatni yaxşilaş hamda aholi va hayvonlar örtasida öta xavfli yuqumli kasalliklarning ommaviy ravişda tarqalib ketişining oldini oliş maqsadida viloyat hokimi raisligida masalaga aloqador korxona va taşkilotlar rahbarlari iştirokida yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda Samarqand şahri Xişrav qörğoni hududida joylaşgan şahar taşqarisidagi markaziy çiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasidagi holat atrofliça muhokama qilinib, yuzaga kelgan nobarqaror sanitar-gigiyenik vaziyatning sodir etilişiga yöl qöyganligi va uşbu holatni oldini oliş böyiça öz vaqtida çora körmaganligi uçun tegişli viloyat taşkilotlari rahbarlariga nisbatan intizomiy çoralar qöllanildi. Şuningdek, ularga tuman bölimi rahbarlarini egallab turgan lavozimida qoliş-qolmasligi masalasini körib çiqiş vazifasi yuklatildi.
Yiğiliş qaroriga asosan şuningdek, çiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida yuzaga kelgan nobarqaror sanitar-gigiyenik vaziyatni qayta örganib çiqiş va tegişli tartibda rasmiylaştiriş böyiça viloyat işçi guruhi taşkil qilindi. Natijada Xişrav qörğonidagi suv akvatoriyasi va uning atrofida töplanib qolgan hayvonlar jasadlari va suyak qoldiqlari veterinariya-sanitariya me'yori talablari asosida utilizatsiya qilindi. Akvatoriyadagi suv çuqur laboratoriya tahlilidan ötkazilib, atrofda dezinfeksiya va zararsizlantiriş işlari olib borildi. Hududni barça noqonuniy qurilma va bino inşootlardan tozalaş hamda kelgusida aniq şaxsga ijaraga berib, obodonlaştiriş reja-tadbiri tasdiqlandi.











