Germaniyaning janubi-ğarbidagi Eringen şahrida joylaşgan masjidga aksilislom hujumi uyuştirildi. Noma'lum kişilar Turk masjidi (Masjiyd-ut-turkiy) oldida çöçqa kallasini taşlab ketişgan. Ertasi kuni ertalab öğlini masjiddagi Qur'onni örganiş saboqlariga olib kelgan kişi bu yerda çöçqaning kallasini körib qoladi. Bu haqida Turkiyaning Daily Sabah naşri xabar berdi.
Masjid voqea yuzasidan şikoyat yozib, kerakli idoraga murojaat qilgan bölsa-da, jinoyatçining qölga olinişiga umid kam. Politsiya vakili Rayner Ottning ma'lum qilişiça, mazkur iş yuzasidan hali aniq natijaga erişilmagan.
Eringemdagi Turk masjidi politsiyaga barça kuzatuv kameralari materiallarini taqdim etgan, lekin inşootni qöriqlaş uçun soqçi talab qilmagan. Ottning sözlariga köra, masjidni nazorat qiliş ularning har kungi vazifalari qatoriga kiradi.
Eringen meri Tilo Mixler ham bunday hujumni qoralab, politsiya aybdorlarni topişiga umid bildirdi.
Bu masjidga uyuştirilgan birinçi hujum emas. 2015 yilning avgustida masjidning old tomoniga noma'lum erkak tomonidan "Musulmonlarga ölim!" deb yozib ketilgan. Bu voqeadan bir neça hafta ötib, yovuz niyatli kimsalar masjid devoriga tuxumlar otib ketişgan.
Turk masjidi jamiyatning köp sohalarida faol iş olib boradi hamda şahar va xristianlar jamiyati bilan munosabatlarni qöllab-quvvatlaydi. Eringen musulmonlari qoçqinlar uçun öz uylari eşiklarini oçişgan, şuningdek ular aksilislom harakatlarga faol qarşilik körsatib kelişadi.











