Birlaşgan Arab Amirliklarining Abu Dabi şahrida Osiyo qit'asida boksni rivojlantirişga mas'ul taşkilot - Osiyo boks konfederatsiyasi Ijroiya qömitasining yiğilişi bölib ötmoqda.
Uşbu muhim tadbir kun tartibidan Osiyo boks konfederatsiyasi rahbar lavozimlariga nomzodlarni saylaş, Ijroiya qömitasiga yangi a'zolarni tayinlaş, taşkilotning 2015-2016 yillardagi faoliyati, 2017 yilgi sport mavsumida qit'a miqyosidagi musobaqalarni taşkil qiliş, moliyaviy masalalarni körib çiqiş kabi qator mavzular örin oldi.

Uşbu yiğilişda Özbekiston boks federatsiyasi raisining birinçi örinbosari Şerzod Toşmatov Osiyo boks konfederatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi va şuningdek, Ijroiya qömitasi a'zoligiga qabul qilindi.
Osiyo boks konfederatsiyasi Ijroqömi yiğilişida iştirok etgan rahbar xodimlar 19-20 dekabr kunlari Şveytsariyaning Lozanna şahrida böladigan Xalqaro havaskor boksçilar assotsiatsiyasi – AIBA Ijroiya qömitasi yiğilişida ham iştirok etişadi.
Xalqaro havaskor boksçilar assotsiatsiyasi yaqinda Twitter ijtimoiy tarmoği orqali yilning eng yaxşi boksçisini aniqlaş maqsadida sörovnoma e'lon qilgan edi. Unda özbekistonlik boksçi, Rio Olimpiadasi çempioni Hasanboy Dösmatov uşbu Olimpiya öyinlari ğoliblari – kubalik Robeysi Ramires va qozoğistonlik Doniyor Yeleussinovni katta farq bilan ortda qoldirib, 2016 yil yakunlariga köra "Eng yaxşi boksçi" deb topilgandi.
AIBA tadbiri doirasida Hasanboy Dösmatov şu unvon bilan taqdirlanişi kutilmoqda.








