Prezident «1 ming muhandis-konstruktor» dasturini eʼlon qildi

2027-yildan «1 ming muhandis-konstruktor» dasturi boşlanadi. Uning doirasida mahalliy mutaxassislar Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga malaka oşiriş uçun yuboriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar hamda investorlar bilan muloqotida maʼlum qilindi.

Bundan taşqari, nufuzli xorijiy kompaniyalarda işlayotgan yuqori malakali özbekistonlik mutaxassislarni qaytariş çoralari köriladi. Ular uçun munosib iş haqi va mehnat şaroitlarini yaratiş reja qilinmoqda.

Mazkur çoralar orqali Özbekiston sanoatining texnologik taraqqiyotini taʼminlaydigan yuqori malakali muhandislar korpusini şakllantiriş maqsad qilingan.

Maişiy texnika xaridini yengillaştiruvçi mexanizm tayyorlanmoqda

Bu haqda 9-noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, xorijiy investorlar hamda mahalliy tadbirkorlar bilan muloqotida maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, mahalliy maişiy texnika savdosini rağbatlantiriş va aholi uçun qulay şart-şaroit yaratiş maqsadida yangi moliyaviy mexanizm işlab çiqiladi.

Unga köra, tijorat banklari tomonidan Özbekistonda işlab çiqarilgan muzlatkiç, kir yuviş maşinasi, konditsioner va boşqa maişiy texnikalar xaridi uçun yillik 18 foiz stavkada isteʼmol kreditlari ajratiş közda tutilmoqda.

Toşkentdagi Botanika boği çiqindilardan tozalandi

Ekologik partiya Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda Toşkent şahridagi Botanika boğida «Clean-Up Day» aksiyasini ötkazdi.

Unda 200 nafardan ortiq talaba köngilli sifatida iştirok etdi. Iştirokçilar 20-25 kişidan iborat 10 ta jamoaga bölinib, boğ hududini çiqindilardan tozaladi.

Aksiya davomida köngilli yoşlar tomonidan yiğilgan çiqindilar saralanib, belgilangan joylarga topşirildi.

Raqobat qömitasi reklama töğrisidagi qonunçilikni buzgan blogerlarni aniqladi

Raqobat qömitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklamalarning «Reklama töğrisida»gi Qonun talablariga muvofiqligi tekşirildi.

Xususan, qömita tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 110 nafar bloger röyxati şakllantirilib, ularning sahifalarida joylaştirilayotgan reklama materiallari kunlik tartibda monitoring qilindi. Natijada, 12 nafar bloger tomonidan reklama qonunçiligi talablariga zid bölgan reklama axboroti joylaştirilgani aniqlandi. Aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan ularga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik çoralari qöllandi.

Raqobat qömitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklamalar ustidan monitoring yanada kuçaytirilişini taʼkidlamoqda.

Orolböyining 50 ming gektari örmonlaştiriladi - prezident qarori

Qoraqalpoğiston Respublikasida ekologik barqarorlikni taʼminlaş va yaylovlar ozuqa bazasini mustahkamlaş maqsadida keng kölamli «yaşil» loyihalarni amalga oşiriş belgilandi.

Hujjatga köra, 2027-yil 1-apreldan boşlab Orol hududining 50 ming gektar maydonida bosqiçma-bosqiç örmonlaştiriş loyihasi yölga qöyiladi. Loyiha doirasida şakllangan uglerod birliklari xalqaro uglerod bozoriga yönaltiriladi.

Uşbu taşabbusni amalga oşiriş va xalqaro hamkorlarni jalb etiş maqsadida Yaponiya, Koreya Respublikasi, AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya hamda Avstraliya kabi davlatlar bilan muzokaralar ötkaziladi. Uglerod birliklarining xalqaro savdosidan hosil böladigan sof daromad töliq mahalliy byudjetga yönaltirilişi belgilangan.