90 yoşli hajvçi Jyerri Lyuis juda jiddiy va kamgap inson bölib çiqdi. U The Hollywood Reporter naşrining jurnalisti Endi Lyuisga tayinli javob qaytarmay, yetti daqiqa davomida oçiqçasiga uning ustidan kuldi. 

The Hollywood Reporter hali-hanuz öz kasbini davom ettirayotgan 90 yoşdagi 10 maşhur şaxs bilan suhbat  ötkazib, maxsus loyiha tayyorlayotgan edi. Biroq Lyuis bilan ötkazilgan suhbat kutilganidek çiqmadi. 

"Intervyu Jyerri Lyuisning gastrol safarlari orasidagi dam oliş kunlariga belgilangandi. Uning kayfiyati yöq edi. Men Lyuisning murakkab xarakterli inson ekanligi haqida eşitgandim", - deydi jurnalist. 

Jurnalistning sözlariga köra, hajvçiga naşr tomonidan olingan fotosessiya ham yoqmagan. 

Ötgan oğir yetti daqiqa içida Lyuis biror marta tabassum ham qilmagan, faqat bir martagina istehzoli kulib qöygan, xolos.