BMT Xavfsizlik Kengaşi duşanba kuni Halabda xalqaro kuzatuvçilarni joylaştirişni nazarda tutuvçi rezolyutsiyani qabul qildi. U Suriyaning uşbu şahri şarqiy qismidan tinç aholini xavfsiz joylarga köçiriş jarayonini özaro muvofiqlaştirişga möljallangan. Hujjat Xavfsizlik Kengaşining barça 15 a'zo-davlati tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Rezolyutsiya matnida ta'kidlanişiça, Suriyadagi barça tomonlar kuzatuvçilarga vaziyatni monitoring qiliş uçun xavfsiz va heç qanday moneliksiz yöl oçib berişlari kerak. Şuningdek, Halabning jabrlangan tumanlariga gumanitar yordamni yetkazib beriş böyiça barça kerakli şaroitlar yaratiş ham nazarda tutilgan. Şu bilan bir qatorda “Suriya Arab Respublikasining suvereniteti, ozodligi va hududiy yaxlitligi”ga amal qiliş kerakligi ta'kidlandi.












