BMT tergov komissiyasi sentabr oyida Halab yaqinidagi gumanitar avtokarvonni öqqa tutganlarni aniqlaşning uddasidan çiqa olmadi. Bu haqda Reuters agentligi taşkilot hisobotiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Ekspertlarning aniqlaşiça, hodisaga havo hujumi sabab bölgan, biroq, uning ijroçi yoki ijroçilarini topişning imkoni bölmagan. Bundan taşqari, hisobotda qayd etilişiça, komissiya hujumning qasddan amalga oşirilganini tasdiqlovçi biror guvohga ega emas. 

Hujjatda yozilganidek, bu kabi hujumni amalga oşiriş uçun AQŞ yetakçiligidagi xalqaro koalitsiya, Rossiya HKK va Suriya HHK imkoniyatga ega bölgan.

Avvalroq, Rossiya prezident Vladimir Putin Suriyaning Halab şahri yaqinida BMT gumanitar avtokarvoniga kim hujum qilgani Moskvaga ma'lum ekani haqida bildirgan edi.

Suriyaning Halab şahriga insonparvarlik yuklarini olib ketayotgan avtokarvon 19 sentabrda öqqa tutilgan edi.