Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev eronlik hamkasbi Hasan Ruhoniy bilan 22 dekabr kuniga rejalaştirilgan uçraşuvda Suriyadagi vaziyat, mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaş masalalarini muhokama qiladi. Eron prezidenti Ostonaga rasmiy taşrif bilan kelmoqda.

Mutaxassislarning fikriça, uçraşuvda asosan taşqi siyosat masalalari haqida fikr almaşiladi: Ostona Suriyadagi mojaro böyiça tomonlar muzokara ötkazadigan joy sifatida körilmoqda. Qozoğiston yetakçisi bu masalani Rossiya va Turkiya rahbarlari bilan muhokama qilib bölgan. U maslahatlaşuvlar taşkillaştirişga kömak berişga tayyor ekanini bildirgan. Endilikda esa bu ğoya Eron prezidenti bilan ham bölişiladi. U Suriya muammosini tinç muzokaralar yöli bilan hal qiliş tarafdori. Bundan taşqari, tomonlar mintaqadagi vaziyat, jumladan terrorizm va ekstremizm tahdidlari haqida ham suhbatlaşişadi.

Eronning Qozoğistondagi elçisi Mojtab Damirçiluning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, taşrif çoğida “iqtisodiy, sarmoyaviy, bojxona, kemalar qatnovi, madaniy va turistik sohalardagi hamkorlik böyiça bir qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan”.

Qozoğiston Eronni muhim şerik sifatida köradi va mamlakat bilan iqtisodiy aloqalar Tehronga nisbatan qöyilgan xalqaro sanksiyalar bekor qilingaç bir qadar yaxşilandi. Nazarboyevning joriy yilning aprel oyida Islom Respublikasiga taşrifi davomida umumiy qiymati 2 milliard dollardan ortiq bölgan 66 hujjat imzolandi.

Damirçiluning ta'kidlaşiça, “köp tomonlama tranzit, savdo va sarmoyaviy loyihalarda hamkorlik qiliş uçun köplab imkoniyatlar bor. Ular Eron va Qozoğiston mahsulotlarini uçinçi davlat bozorlariga yetkazib beriş imkonini yaratadi”.

Uning sözlariga köra, Tehronga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan munosabatlarni izga soliş juda muhim. Unda ayni damda Qozoğiston raislik qilmoqda. Ostona kömagida Eron va ittifoq örtasida erkin savdo qiliş töğrisidagi bitimni imzolaş uçun maslahatlaşuvlar boşlangan.

Ostonadagi uçraşuvda turizm masalasi ham keng muhokama qilinadi. “Biz Eron bilan turizm sohasidagi hamkorlikda katta imkoniyatlarni körmoqdamiz va özaro loyihalar hamda dasturlarni, jumladan Kaspiy dengizida suv turizmini rivojlantiriş böyiça ham loyihani amalga tatbiq etiş niyatidamiz”, - deya aytib ötgan Qozoğiston investitsiyalar va rivojlaniş böyiça vazirligining turizm departamenti direktori Marat Igaliyev. Uning sözlariga köra, viza tizimini yengillaştiriş nafaqat sayohatçilarga, balki işbilarmonlarga ham kömak beradi.