2016 yilning 20-21 dekabr kunlari Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi va Ozarboyjon Respublikasi örtasidagi munosabatlarning şartnomaviy-huquqiy asosini inventarizatsiya qiliş va takomillaştiriş böyiça vazirliklararo maslahatlaşuvlarning navbatdagi raundi bölib ötdi.
Ozarboyjon Taşqi işlar vazirligi delegatsiyasiga Xalqaro huquq va şartnomalar boşqarmasi boşliğining örinbosari Jyeyhun Şahverdiyev boşçilik qildi.
Maslahatlaşuvlar çoğida hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy asoslari inventarizatsiya qilindi, ikki tomonlama hujjatlar loyihalari böyiça fikr almaşildi hamda munosabatlarning huquqiy negizini rivojlantiriş va kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida taşqi siyosat idoralarining huquq xizmatlari faoliyati yuzasidan ham fikr almaşildi.











