Prezident Şavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 14-15 oktabr kunlari amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.

Davlat rahbari Boku şahrida bölib ötadigan Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning (OHIÇK) yettinçi sammitida iştirok etadi.

Ozarboyjon raisligida ötkaziladigan forum kun tartibidan Osiyo qitʼasida işonç, tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaş hamda Kengaşning institutsional rivojlanişini yanada takomillaştirişga oid dolzarb masalalar örin olgan.

Transport boğliqligini rivojlantiriş, raqamlaştiriş, barqaror iqtisodiy ösiş va boşqa ustuvor yönalişlarda amaliy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari körib çiqiladi.

Iştirokçilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşadilar.

Tadbir yakunlari böyiça Boku deklaratsiyasi hamda Taşkilotning roli va samaradorligini oşirişga qaratilgan qarorlar töplamini qabul qiliş rejalaştirilgan.

Sammit doirasida Şavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi.

Taʼkidlaş joiz, OHIÇK Osiyoda hamkorlikni mustahkamlaş, tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaşga qaratilgan xalqaro forum hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Kengaş qitʼa hududi va aholisining qariyb 90 foizini taşkil etuvçi 28 ta davlatni birlaştirgan.