Xalqaro Olimpiya qömitasi prezidenti Tomas Baxning bayonot berişiça, taşkilot 2010, 2012 va 2014 yilgi Olimpiya öyinlarida iştirok etgan barça rossiyalik sportçilarning doping namunalarini qayta tekşiradi. 

Uning sözlariga köra, XOQ Butunjahon dopingga qarşi agentlik (WADA) mustaqil komissiyasi rahbari Riçard Maklaren hisoboti bilan qanoatlanmaydi va uşbu musobaqalarda iştirok etgan barça rossiyalik sportçilarning doping namunalarini qayta tahlildan ötkazadi. 

«Bu Maklaren hisobotining mantiqiy davomi böladi», — deya Bax sözlaridan iqtibos keltirgan HOQ sayti. 

XOQ 2014 yilgi Olimpiya öyinlarida qatnaşgan 28 nafar rossiyalik sportçining doping namunasida hiylalar qöllanilgani aniqlanganidan söng, ularga nisbatan intizomiy harakatlarni boşlagan edi.